PREZIDENT NUTQI XODIMLAR TOMONIDAN O‘RGANIlMOQDA

Бош саҳифа Корхона янгиликлари

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqi bo‘yicha tarmoq tizimidagi “Ammofos-Maкsam” AJ korxonasining majlislar zalida Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis N.Muzapprova, mehnat huquqi inspektori A.Xasanboyev, yoshlar masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi Sh.Toirov, korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi M.G‘ulomova va kasaba uyushmasi a’zolari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar Prezident nutqining mazmun-mohiyati haqida ma’ruza qildilar. Ta’kidlandiki, ushbu tarixiy nutq nafaqat O‘zbekiston uchun balki Markaziy Osiyo manfaatlari asosiy o‘ringa ko‘tarilganligi bilan ham ahamiyatlidir.  Mutaxassislar nutqda ko‘tarilgan har bir yo‘nalish yuzasidan hayotiy misollar orqali tushuntirishlar berib o‘tdilar.

Xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.

Print Friendly, PDF & Email