USTOZLAR E’ZOZDA

Бош саҳифа Ёшлар бирлашмаси

Tarmoq tizimidagi “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ tasarrufidagi “Jajji Kimyogar” maktabgacha ta’lim muassasasida 1-oktabr −  Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda nishonlandi.

“Jajji kimyogar”  tarbiyalanuvchilari tomonidan ustozlarni ardoqlash, ularning mehnatini qadrlash to‘g‘risida go‘zal kuy va qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbirda ustozlikning mashaqqatli va sharafli kasb ekanligi to‘g‘risida ibratli hikoyalar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Print Friendly, PDF & Email