O‘QITUVCHI VA MURABBIYLARGA TABRIK

Бош саҳифа

Hurmatli ustozlar, Siz azizlarni, sizlarning timsolingizda ustoz degan sharafli nomni ulug‘lab kelayotgan yurtimizdagi barcha fidoiy insonlarni 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin yurakdan tabriklaymiz.

Qadimdan yurtimizda ustoz va murabbiylar qadr va  e’zoz topib kelganlar. Bugun ham mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsad markazida ustozlarning qadrini ulug‘lash, ularni hurmatini bundanda ko‘tarish va e’zozlash kun tartibidagi masalalardan biri va bundan keyin ham ustoz va murabbiylar xalqning va davlatning e’zozida bo‘laveradilar.

Shu o‘rinda Tarmoq tizimidagi korxonalarda “Ustoz-shogird” tizimi orqali yosh xodimlarga ustozlik qilish orqali o‘z tajribalari va soha sirlarini o‘rgatib kelayotgan mehnatkash xodimlarni ham alohida muborakbod etamiz.

Bugun Yangi O‘zbekistonni bunyod etar ekanmiz har bir sohada yoshlarni tarbiyalashda tajribali ustoz va murabbiylarga, ya’ni Sizlarning bilim va mahoratingizga suyanamiz. Shu ma’noda Sizlarning mehnatingiz va fidoiyligingizni qadrlaymiz va olqishlaymiz.

Shu fursatdan foydalanib, Siz azizlarga sog‘lik-salomatlik, bax-saodat, oilaviy xotirjamlik, kelgusi ishlaringizga omad va zafarlar tilaymiz!

Print Friendly, PDF & Email