MOTAMSARO ONA HAYKALI POYIGA GULCHAMBARLAR QO‘YILDI

Бош саҳифа Янгиликлар

Yurtimiz bo‘ylab 9-may – Xotira va qadrlash kuni bayrami keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda harbiy orkestr ijrosidagi kuylar sadosi ostida viloyat, shahar va tuman hokimliklari, Ichki ishlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar, tashkilot va muassasalar vakillari qatorida «Navoiyazot» AJ xodimlari ona haykali poyiga gulchambar qo‘yib, tinchlik, mustaqillik, avlodlarning porloq va halovatli kelajagi uchun jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Print Friendly, PDF & Email