9-MAY ‒XOTIRA VA QADRLASH KUNIGA BAG‘ISHLAB TADBIR TASHKIL ETILDI

Бош саҳифа Янгиликлар

 “Navoiyazot” AJda “Uch avlod uchrashuvi” muntazam ravishda o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan. Keksa va o‘rta avlod vakillaridan mehnat va turmush saboqlarini olish yoshlarga ham yaxshi motivasiya, ham chuqur hayotiy bilim beradi. Navbatdagi uchrashuv Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab Navoiy viloyati Ma’naviyat va ma’rifat markazida tashkillashtirilib, unda baynalminal jangchilar, korxona faxriylari, davlat mukofotlari sohiblari hamda yoshlar ishtirok etdi. 

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad taklif etilgan nuroniy, mehnat faxriylaridan yoshlarga hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribalari, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar xususida ma’lumot berib, ularni to‘g‘ri yo‘ldan adashmasliklariga chaqirishdir.

Tadbir so‘ngida korxona kasaba uyushma qo‘mitasi raisi F.Fayziyeva bugungi dorilomon kunlarga sababchi bo‘lgan faxriylarga esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Print Friendly, PDF & Email