XODIMLAR ORASIDA SPORTNI OMMALASHTIRAMIZ!

Бош саҳифа Янгиликлар

Tarmoq tizimidagi «Navoiyazot» AJga qarashli «Oftobjon» bolalar sogʻlomlashtirish oromgohining katta o‘yingohida korxona ishchi-xodimlari oʻrtasida “Xodimlar orasida sportni ommalashtiramiz!” shiori ostida ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targʻib qilish, jismoniy tarbiya va sport turlarini ommalashtirish va bu yo‘l orqali xodimlarni turli kasb kasalliklaridan  muhofaza qilish maqsadida sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Unda 18 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan erkak xodimlar 5 nafardan bir guruhga birlashgan holda ishtirok etdilar. Qatnashchilar 2000 metrga yugurish, turnikda tortilish, tosh koʻtarish, to‘pni toʻsiqqa tekkizish, arqon tortish kabi o‘yinlarda bellashdilar.

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan g‘olib va sovrindorlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email