“ENG YAXSHI YOSH PAYVANDCHI” KO‘RIK-TANLOVI O`TKAZILDI

Бош саҳифа Янгиликлар

Joriy yilning 15-noyabr kuni tarmoq tizimidagi “Farg`onaazot” AJ korxonasida “Kasb mahorati 2022” ko‘rik-tanlovining “Eng yaxshi yosh payvandchi yo‘nalishi bo‘yicha tanlov o‘tkazildi.

Tanlov nizomga muvofiq ikki bosqichda o‘tkazildi, birinchi bosqich test sinovlari, ikkinchi bosqich amaliy mashg‘ulotlardan iborat holda. Unda 10 nafar yosh payvandchilar ishtirok etdilar.

Judayam qiziqarli va murosasiz kechgan tanlovda hakamlar hay’atining xulosalariga ko‘ra 1-o`rinni JMT sexi payvandchisi G‘ofurov Zuxriddin Zokirjon o‘g‘li, 2-o‘rinni mexanika ta’mirlash sexi payvandchisi Ibroximov Adxamjon Rustamjon o‘g‘li va 3-o`rinni uchinchi o‘rin XMD sexi payvandchisi Mirzaboyev Farrux Rahmat o‘g‘li egalladi.

Print Friendly, PDF & Email