Favqulotda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo`yicha Hukumat komissiyasining 2022-yil 10-noyabr kuni tasdiqlangan 49-sonli bayoniga asosan mamlakatimizda joriy yilning 15-noyabrdan 15-dekabrgacha “Yong`in xavfsizligi oyligi” o`tkazilib kelinmoqda.
Yong`in xavfsizligi oyligidan ko`zlangan asosiy maqsad, yurtimiz hududida ob-havoning keskin sovuqlashib ketishi va qish mavsumi boshlanishi oldidan yong`inlarning oldini olish hamda yong`in xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlarini kuchaytirish, qolaversa korxona va tashkilotlarning xodimlari o`rtasida keng ko`lamli targ`ibot-tashviqot tadbirlarini amalga oshirishdan iborat.
Shu munosabat bilan joriy yilning 25-noyabr kuni “Dehqonobod kaliy zavodi” АJda yong`in xavfsizligini taʼminlash bo`yicha o`quv mashg`uloti o`tkazildi.
Tadbirda ko`ngilli o`t o`chirish drujinalari faoliyatini faollashtirish, Davlat yong`in nazorati organlari ko`rsatmalarini bajarish, shuningdek yong`inlarni oldini olish bo`yicha xodimlarning bilim va malakasini oshirishga alohida eʼtibor berildi.
Tadbir davomida xodimlar o`zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: