Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-martdagi “2026-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi PQ-82-son qarori ijrosi va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining chora-tadbirlar rejasida belgilangan tadbirlarni koʻtarinki kayfiyatda oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi va tarmoq tizimidagi korxonalarda Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan “Navroʻzni ulugʻlash-Insonni ulugʻlashdir” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy va sport tadbirlari, shuningdek, “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” shiori ostida sayohatlar tashkil qilinmoqda.

Shunday tadbirlar tizimdagi “Qizilqum fosforit kompleksi” AJ jamoasi tomonidan yuqori kayfiyatda oʻtkazildi. Jumladan, korxonada muborak Ramazon oyi va Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlar holidan xabar olinib, ularning turmush sharoiti va ijtimoiy holati bilan yaqindan tanishildi. Suhbatlar jarayonida xodimlarni qiynayotgan masalalar, taklif va ehtiyojlari ham oʻrganildi. Tashkil etilgan xayriya tadbirlarida ehtiyojmand xodimlar oilalariga zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.


Korxonada oʻtkazilgan tantanali bayram tadbirida xodimlardan iborat folklor jamoalarining chiqishlari, laparlar, kelin salom marosimi, sahna koʻrinishlari hamda kuy-qoʻshiqlar barchaga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.
Tashkilotchilar tomonidan xodimlar uchun sumalak sayli va milliy oʻyinlar tashkil etildi. Jumladan, erkaklar oʻrtasida armrestling va arqon tortish musobaqalari oʻtkazildi.
Ayollar esa aytishuv va besh tosh oʻyinlarida oʻz mahoratlarini namoyish etib, bayramga oʻzgacha fayz bagʻishladilar. Sumalak atrofida esa xotin-qizlar tomonidan laparlar aytilib, Navroʻzning hikmati, ezgulik va umumbashariy qadriyatlar haqida samimiy suhbatlar qurildi.
Bayram yakunida musobaqa gʻoliblari hamda faol xodimlar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Shavkat Toirov
Yoshlar masalalari boʻyicha rais maslahatchisi

Spelling error report
The following text will be sent to our editors: