YOSH MUTAXXASSISLAR BILAN PROFILAKTIK SUHBATLAR O‘TKAZILMOQDA

Бош саҳифа

          Tarmoq tizimidagi “Ammofos-Maxam” AJ korxonasida komplayens xizmati tomonidan ishga yangi qabul qilingan yosh mutaxxassislar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda.

        Profilaktik suhbat jarayonida yosh mutaxassislarga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi, jamiyatda qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish siyosati va boshqa tartib yo‘riqnomalarning mazmun mohiyati tushuntirilmoqda.

           Shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklardan xabar topganda yoki duch kelganda bu haqida komplayens xizmatiga xabar berish va buning uchun xabar bergan kishi turli xil ko‘rinishdagi tazyiqqa uchramasligi, himoya ostida bo‘lishi kabi zaruriy ma’lumotlar berilmoqda.

Print Friendly, PDF & Email