“BOBURXONLIK” KECHASI TASHKIL ETILDI

Бош саҳифа Янгиликлар

Tadbir tizimidagi Toshkent kimyo-texnologiya instituti oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti tomonidan talabalar turar joyida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539-yilligi munosabati bilan adabiy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

14-fevral kuni buyuk oʻzbek shoiri, mutafakkir, tarixshunos va davlat arbobi, boburiylar sulolasi va saltanati asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuni munosabati bilan adabiy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Zahiriddin Muhammad Bobur sheʼriyatida ona vatan mavzusi alohida oʻrin egallaydi.

Uning sheʼrlarida, ayniqsa toʻrtliklari vataniga boʻlgan sogʻinch va cheksiz muhabbati taʼsirchan ifodalangan. U oʻzining ruboiylarida inson qanday qilib oʻzini maʼnan tarbiyalashi kerakligi haqida gapiradi. Tadbir ishtirokchilari Zahiriddin Muhammad Bobur ijodining oʻziga xos tomonlari haqida fikr bildirdilar hamda shoirning vatan, inson shaʼni, qadr-qimmati haqidagi sheʼrlarini oʻqishdi, sahna asarlarini taʼsirli ijro etdilar. Zahiriddin Muhammad Bobur sheʼriga bastalangan qoʻshiqlar aytildi. 

 

Print Friendly, PDF & Email