Joriy yilning 24-oktabrida mamlakatimiz uchun muhim siyosiy jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tishi munosabati bilan “MAXAM-CHIRCHIQ” AJda o‘z mehnat faoliyatini olib borayotgan, yoshlar yetakchilari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentlik saylovida ilk marotaba ishtirok etadigan yoshlar bilan birgalikda korxona rahbariyati, korxona kasaba uyushmasi va tadbir mehmoni Chirchiq shahar Markaziy saylov komissiyasi raisi B.B. Bakiyevlar ishtirokida “Yosh saylovchi-2021” targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Yoshlar tomonidan saylov byulleteni, partiyalarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarini ko‘rsatish tartib qoidalari va shunga o‘xshash ko‘plab berilgan savollarga tadbir mehmoni, Chirchiq shahar Markaziy saylov komissiyasi raisi B.B. Bakiyev javob berdi. Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda, yoshlar saylov yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: