FAXRIYLAR O‘RTASIDA SHASHKA MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

Бош саҳифа

        “Keksalar haftaligi” doirasida “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda korxonada uzoq yillar samarali mehnat qilib, nafaqaga chiqqan faxriy xodimlar ishtirokida sportning shashka turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

         Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad faxriylarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlash hamda faol hayot tarzini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Qizg‘in kechgan bahslarda faxriy kimyogarlar o‘zlarining mantiqiy fikrlashi va shashka o‘yinidagi mahoratlarini namoyon etdilar.

           Musobaqa natijasiga ko‘ra, 1-o‘rinni Norboy Jo‘rayev, 2-o‘rinni O‘rol Toshpo‘latov va 3-o‘rinni Rasul Botirov egalladi.

           Tadbir yakunida faol ishtirok etgan faxriylar munosib taqdirlanib, g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email