D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida tuzilgan jamoa shartnomasining 2025 yilda bajarilishiga bag‘ishlangan mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi Nilufar Muzapparova, institut rektori Botir Nurmatov, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Asliddin Mamasoatov va kasaba uyushmasi a’zolari ishtirok etdilar.



Yig‘ilishda jamoa shartnomasida ko‘zda tutilgan shartlarning bajarilishi bo‘yicha institut rektori B.Nurmatov va kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi A.Mamasoatov hisobotlari tinglandi va amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha dalolatnoma o‘qib eshtirildi.
Bugungi kunda filialda jamoa shartnomasi orqali professor-o‘qituvchilar, ma’muriy-boshqaruv hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilib kelinmoqda. Jumladan, jamoa shartnomasi ijrosi doirasida 2025-yilda xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator tadbirlar o‘tkazilgan. Xodimlarga moddiy yordam ko‘rsatish, ularni ma’naviy va moddiy jihatdan rag‘batlantirish ishlari amalga oshirilib kelingan.
Xususan, davlat va kasbiy bayramlar munosabati bilan tadbirlar tashkil etilgan. Ushbu tadbirlar doirasida xodimlar uchun esdalik sovg‘alari xarid qilinib, jamoa a’zolariga taqdim etilgan.
Shu bilan birga, ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan hamda muayyan hayotiy holatlarga duch kelgan xodimlarga kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan moddiy yordamlar ko‘rsatilgan. Mehnat faoliyatida faollik, tashabbuskorlik va mas’uliyat bilan ishlayotgan xodimlar kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan rag‘batlantirilgan.
2025-yil davomida institutda xodimlarga mehnat haqi o‘z vaqtida to‘lab borilgan va ish haqi bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik holatlariga yo‘l qo‘yilmagan. Bu esa jamoada ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilgan.
Yig‘ilish yakunida jamoa shartnomasining 2025-yilda bajarilishi qoniqarli deb topildi.
Shavkat Toirov
yoshlar masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi

Spelling error report
The following text will be sent to our editors: