“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2025-yildagi ijrosi muhokamasiga bag‘ishlangan mehnat jamoasining konferensiyasi o‘tkazildi.
Konferensiya ishida “Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisi F.Samadov, O‘zbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi N.Muzapparova hamda xalqaro masalalar bo‘yicha bosh mutaxassisi G.Miraxmedova, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyati kengashi raisi N.Tog‘ayeva va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bosh mehnat huquqi inspektori O.Adilov hamda ishlab chiqarish sexlaridan saylangan 200 nafar delegatlar ishtirok etdilar.

Konferensiyada korxona boshqaruvi raisi Farrux Xamzayevich Samadov va kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Feruza Xamidovna Fayziyevalar ijtimoiy sherikchilik asosida ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan xodimlarning mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari sohasidagi huquqlarini himoyalash bo‘yicha 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot berdilar.

Ma’lumotlarga ko‘ra “Navoiyazot” AJda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoya qilish, ish haqi va nafaqalarni o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash, xodimlar va ularning farzandlarini sog‘lomlashtirishni tashkil etish bilan bir qatorda ijtimoiy sherikchilik asosida imzolangan jamoa shartnomasiga Davlat dasturi asosida qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ularning bajarilishi ta’minlanib kelingan.
Bugungi kunda korxonada jamoa shartnomasi orqali keng doiradagi masalalar o‘z yechimini topmoqda va bu nafaqat mehnat munosabatlarini samarali tashkil etish, mehnat sharoitlarini baholash mezonlarini kelishib olish, balki barqarorlik va fuqaro totuvligi hamda mehnat jamoalarida hamjihat bo‘lib ishlash imkonini bermoqda.

Konferensiya kun tartibidagi 2024-2026-yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2025-yilda bajarilishi yakunlari yuzasidan ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobotlari hamda ijtimoiy mehnat masalalari bo‘yicha dalolatnomasi eshitildi.
Korxonada ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida ijtimoiy sheriklik asosida mehnatkashlar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
Konferensiyada delegatlarga jamoa shartnomasiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar tanishtirildi.

Konferensiya delegatlari bir ovozdan 2025-yilda “Navoiyazot” AJ jamoa shartnomasi bajarilishini qoniqarli deb baholadilar va jamoa shartnomasiga kiritilayotgan imtiyozlarni ma’qulladilar.
Ma’ruzachilarga ishtirokchilar tomonidan berilgan savollar, qo‘yilgan muammo va takliflar borasida batafsil javoblar va tushuntirishlar berildi.
Shavkat Toirov
yoshlar masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi

Spelling error report
The following text will be sent to our editors: