“FARGʻONAAZOT” AJ KASABA UYUSHMASI TASHKILOTI FAOLIYATI SARHISOB QILINDI VA MUNOSIB BAHOLANDI

Бош саҳифа

“Fargʻonaazot” AJ korxonasi Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan kimyo sohasidagi ishlab chiqaruvchi yetakchi zavodlardan biridir. Bugungi kunda bu korxonada 6 mingga yaqin yurtdoshlarimiz ishlab kelmoqdalar. Ayni vaqtda korxonada tuzilgan amaldagi jamoa shartnomasi orqali xodimlar ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlanib borilmoqda.

Kuni kecha “Fargʻonaazot” AJ kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Konferensiya ishida “Fargʻonaazot” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Umidillo Millabayev, tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining oʻrinbosari Ibrohim Isoqov, Respublika Kengashining mehnat muhofazasi boʻyicha bosh mutaxassisi Shuhratilla Rixsiboyev, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Fargʻona viloyati Kengashi raisi oʻrinbosari Lola Ahmedova, mehnatkashlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish boʻlimi mudiri Tursunali Karimov va ishlab chiqarish sexlaridan saylangan 80 nafar delegat ishtirok etdilar.

Konferensiyada tashkilotning 5 yillik faoliyati yuzasidan, yaʼni 2020-2025-yillarda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha ish beruvchi, kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi va taftish komissiyasining hisobotlari eshitildi.

  Maʼruzalar oʻz nihoyasiga yetkach delegatlar tomonidan muhokamaga oʻtildi va  tashkilotning hisobot davridagi faoliyati “qoniqarli” deb baholandi hamda taftish komissiyasining hisoboti tasdiqlandi.

Konferensiya kun tartibiga koʻra tashkiliy masala koʻrildi. Unda yashirin ovoz berish yoʻli bilan muqobillik asosida “Fargʻonaazot” AJ boshlangʻich kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi lavozimiga koʻpchilik ovoz bilan Abduvoxidov Ilxom Raximovich qayta saylandi. Shuningdek, kasaba uyushmasi qoʻmitasining tarkibi, taftish komissiyasi tarkibi hamda hamda yuqori tashkilotlarning konferensiya va qurultoyiga delegatlar saylandi.

Konferensiya yakunida korxonaga tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan “Fargʻonaazot”AJ kasaba uyushmasi tashkiloti hisobot-saylov konferensiyasi Nizom talablari asosida yuqori saviyada oʻtkazilganligi taʼkidlandi.

Shuningdek, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar, joriy yilda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120-yilligi nishonlanishi toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib oʻtildi.

Tadbir yakunida xodimlar masʼullardan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Shavkat Toirov

Yoshlar masalalari boʻyicha rais maslahatchisi

Print Friendly, PDF & Email