YOSHLAR ISHTIROKIDA G‘AZALXONLIK KECHASI TASHKIL ETILDI

Бош саҳифа Янгиликлар

Tarmoq tizimidagi “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

 Bu yil mamlakatimizda g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 581-yilligi va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning 539-yilligi keng nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda o‘tkazilgan tadbir  Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga bag‘ishlandi. G‘azalxonlik kechasiga aylangan tadbirda “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ishchi-xodimlari va yoshlar tomonidan sahna ko‘rinishlari qo‘yildi, alloma qalamiga mansub g‘azallardan parchalar aytildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

 

Print Friendly, PDF & Email