“BIZ SOG‘LOM YОSH OILAMIZ” SHIORI OSTIDA SPORT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

Бош саҳифа

Kimyogarlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sport turlari ommaviyligini ta’minlash, jismoniy faollikni kundalik hayot tarziga aylantirgan soha xodimlarini aniqlash va ularni rag‘batlantirish maqsadida tarmoq tizimidagi “Navoiyazot” AJ korxonasi xodimlari va ularning oila a’zolari ishtirokida “Biz sog‘lom yosh oilamiz” shiori ostida sport musobaqasi o‘tkazildi.

Qizg‘in bellashuvning korxona bosqichida 10 ta jamoa ishtirok etdi.

Aniqlik, chaqqonlik, epchillik sinovidan o‘tgan musobaqada sportga oshno oilalarning jismoniy tayyorgarligi yaqqol namoyon bo‘ldi.

Akramovlar “Eng chaqqon yosh oila” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlangan bo‘lishsa, Tojiyevlar “G‘alabaga bo‘lgan intilishi yuksak oila”, deya e’tirof etildi. Qodirovlar oilasi esa “Faol ishtirok etgan yosh oila” nominatsiyasi bilan kifoyalandilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra 3-o‘rinni 36-seh sharafini himoya qilgan Ro‘ziyevlar oilasi vakillari egallagan bo‘lishsa, faxrli 2-o‘ringa 57-seh nomidan ishtirok etgan Qosimovlar munosib topildi.

Yetakchilikni qo‘ldan boy bermagan 23-seh jamoasi Umrzoqovlar 1-o‘rin sohibiga aylandilar.

Sovrindorlar jamiyat kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan rag‘batlantirilib, g‘oliblar keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Print Friendly, PDF & Email