“Navoiyazot”AJda energetika yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida “Yangi asr iste’dodlari” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda.
Yosh iqtidor egalarini qo‘llab-quvvatlash, mustaqil fikrlaydigan, mutaxassisligi bo‘yicha bilimga ega, zamonaviy loyiha, muhandislik ishlanmalari, innovatsion loyihalarni taklif etadigan xodimlar ishtirok etayotgan bellashuv qizg‘in tus olmoqda.
Malakali va salohiyatli kadrlarni tayyorlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamoada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan tadbir g‘oliblari jamiyat kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan rag‘batlantiriladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: