MALAKALARNI BAHOLASH MARKAZI FAOLIYAT OLIB BORMOQDA

Бош саҳифа Янгиликлар

Tarmoq tizimidagi “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QKda 2020-yil  31-dekabrdagi “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4939-sonli qaroriga asosan xodimlarni boshqarish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, malakalarni baholash va zamonaviy o‘quv markazlari bo‘linmalari xodimlarining mehnat unumdorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan Malakalarni baholash markazida korxona xodimlari mustaqil ishlashga ruxsat guvohnomasi uchun nazariy va amaliy sinovlardan oʻtkazib boriladi.

Markazda bilim darajasi va koʻnlikmalarini baholash sinovlarini adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash uchun qulay shart sharoitlar yaratib berilgan.

Print Friendly, PDF & Email