O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Ijroiya qo‘mitasining 2022 yil 8 avgustdagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining malaka oshirish instituti” nodavlat ta’lim muassasasida 2022 yil II yarim yillik uchun kasaba uyushma kadrlari va faollarini o‘qitish rejasi to‘g‘risida”gi 7-26 “s”-qaroriga asosan, joriy yilning 17-21 oktyabr’ kunlari Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislarining malakasini oshirildi.
Tinglovchilar O’zbekiston kasaba uyushmalari tarixi muzeyi va «Maksam-Chirchiq» AJ kasaba uyushmasi qo’mitasi hamda Milliy akademik drama teatrida bo’lishdi.
Shuningdek, tinglovchilar Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida bo’lishib, akademiya faoliyati va u yerda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.
Malaka oshirish dasturi yakunida tinglovchilar bilimlari test savollari orqali sinalib, sertifikatlar topshirildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: