“QO‘NG‘IROT SODA ZAVODI” МСHJ QKDA SEMINAR TASHKIL QILINDI

Бош саҳифа Янгиликлар

Mehnat muhofazasiga e’tiborni kuchaytirish, kelgusida turli ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish va bu sohada ish olib borayotgan jamoatchi vakillarni faollashtirish, ularning bilimini oshirish maqsadida “Qo‘ng‘irot soda zavodi”  МСHJ QKda Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh mutaxassisi Sh. Rixsiboyev va  O‘zbekiston KUF Qoraqalpog`iston Respublikasi Kengashi mehnat muhofazasi bo‘yicha yetakchi mutaxassisi S.Orazimbetov ishtirokida ishchi-xodimlar bilan birgalikda seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida ma’ruzachilar tomonidan mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklariga hamda xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishlariga chalinishlarining oldini olishga ish beruvchilarni e’tiborini qaratish, mehnat qiluvchilarga zarur shart-sharoitlar yaratish, xodimlar mehnatini muhofaza qilish mavzularida ma`ruzalar qilindi va ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha tushuntirish berildi.

Print Friendly, PDF & Email