SHAXMAT MUSOBAQASIDA KUCHLILAR SARALANDI

Бош саҳифа

 “Kimyogarlar kuni hamda “Kimyo haftaligi” doirasida “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ xodimlar o‘rtasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi. Intellektual bahslar murosasiz va qiziqarli ruhda kechib, ishtirokchilar o‘zlarining strategik fikrlashi, sabr-toqati va zukkoligini namoyon etdilar.



Bahslar natijasiga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida 1-o‘rinni Temir yo‘l sexi xodimi Bagʻlan Abdireyev, 2-o‘rinni Qo‘riqlash bo‘limi qo‘riqchisi Oqiljon Ochilov va 3-o‘rinni Qo‘riqlash bo‘limi qo‘riqchisi Davlat Qoʻziyevlar egalladilar.

 Ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan shaxamat o‘yinida esa 1-o‘rinni Avtotransport sexi tabelchisi Gulshoda Tosheva, 2-o‘rinni Karyer kon ishchisi Zaxro Egamberdiyeva va 3-o‘rin Texnik nazorat va sinov laboratoriyasi laboranti Kumus Kazakbayevalar egalladilar.

 Musobaqa davomida har bir dona ustida puxta o‘ylangan yurishlar, diqqat va iroda uyg‘unligi intellektuallarni kashf etdi.

 

Print Friendly, PDF & Email