KORXONALARDA KASABA UYUSHMALARI AFZALLIKLARI YUZASIDAN OCHIQ MULOQOTLAR O`TKAZILMOQDA

Бош саҳифа Янгиликлар

Tarmoq tizimidagi korxonalarda Respublika kengashi raisi o‘rinbosari S.To‘xtayev va Yoshlar birlashmasi raisi Sh.Toirovlar tomonidan “Kasaba uyushmalari faoliyati afzaliklari” mavzusida ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, “Reka-Med Farm” МChJ QKda bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda Respublika kengashi vakillari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan olib borilayotgan ishlar va bunda ishchi-xodimlar uchun yaratilayotgan imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdilar. Xususan, so‘nggi yillarda qad rostlagan sanatoriy va bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlari, sport majmualari bugungi kunda yurtdoshlarimizga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Ishchi-xodimlar ishtirokida tashkil etilayotgan ichki turizm, ziyorat turizmi va ekoturizm yo‘nalishlari yanada rivojlanmoqda.

Jamoa shartnomalari orqali ishchi-xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilishda “Mehnatga haq to‘lash. Kafolatli to‘lovlar kompensatsiya to‘lovlari”, “Ayollar mehnatini tartibga solish. ayollar va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslarga beriladigan qo‘shimcha imtiyoz va kafolatlar”, “Yoshlar uchun qo‘shimcha imtiyoz va kafolatlar” kabi bo‘limlar haqida so‘z yuritilib, jumladan, yoshlar uchun amalga oshirilayotgan ishlar haqida aytib o‘tildi. Jumladan, korxonaning o‘zida, zarur hollarda esa ta’lim muassasalari va o‘quv kurslarida yosh xodimlar uchun kasbiy tayyorgarlik, boshqa kasbga o‘rgatish, malaka oshirish ishlarini olib borish, mehnat jarayonida yuqori ko‘rsatkichlarga erishayotgan, kasaba uyushmalarida faol va shijoatli yoshlarni rag‘batlantirish, yosh xodimlarni madaniy-ma’rifiy tadbirlar, kasb mahorati bo‘yicha tanlovlarda faol ishtirok etishini ta’minlash, yosh oila a’zolari bo‘lgan xodimlarga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar xarid qilish va uy-joy qurilishi, shuningdek safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmat o‘tashga haq to‘lash uchun yosh xodimlarga foizsiz ssudalar berish kabi ko‘plab imtiyozlar o‘z aksini topganligi ta’kidlandi.

Ishchi-xodimlar bilan ochiq muloqotda ularning qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob berildi va qo‘shimcha ma’lumotlarni rasmiy veb-sahifalardan olish mumkinligi aytildi.

Print Friendly, PDF & Email