XODIMLAR XAVFSIZLIGI UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

Бош саҳифа Янгиликлар

Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh mutaxassisi Sh. Rixsiboyev va O‘zbekiston KUF Qoraqalpog`iston Respublikasi Kengashi mehnat muhofazasi bo‘yicha yetakchi mutaxassisi S.Orazimbetov bilan birgalikda  “Qo‘ng‘irot soda zavodi”  МСHJ QKda mehnatni muhofaza qilish sohasida olib borilgan ishlar bilan bir qatorda xodimlar xavfsizligi uchun yaratilgan sharoitlar ham o‘rganildi.

Jumladan, xodimlar yo‘riqnomadan o‘tganligi, mehnat muhofazasi bo`yicha vakillar o`qitilganligi, har bir xodim shaxsiy himoya vositalari, maxsus kiyim va poyafzallar bilan ta’minlangaligi, mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlar belgilangan normalar bo‘yicha sut va unga tenglashtirilgan mahsulotlar bepul tarqatilayotganligi, xodimlarni dastlabki va keyinchalik vaqti-vaqti bilan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan  tibbiy ko`rikdan xodimlar to‘liq o‘tganligi, asbob-uskunalar jarohatlash xavflilik darajasi bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazilganligi,  “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligining majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq har bir xodim sug‘urtalanganligi ma’lum bo‘ldi.

Print Friendly, PDF & Email