RESPUBLIKA KENGASHI RAISI XODIMLARGA ISH JOYLARIDA YARATILGAN SHAROITLAR BILAN TANISHDI

Бош саҳифа

Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Nigora Alimdjanova tarmoq tizimidagi “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJ xodimlari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

Bugungi kunda “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJda tuzilgan jamoa shartnomasi asosida xodimlarga bir qancha imtiyoz va kafolatlar berib kelinmoqda. Korxona kasaba uyushmasi qoʻmitasi tashabbusi bilan xodimlarni, jumladan,  xotin-qizlar va yoshlarni keng jalb etgan holda bayramlar, maʼnaviy-maʼrifiy va sport-sogʻlomlashtirish tadbirlari, xodimlar oʻrtasida turli musobaqalar va koʻrik-tanlovlar oʻtkazib kelinmoqda.

Muloqot jarayonida Respublika kengashi raisi N.Alimdjanova korxona xodimlarining talab va takliflarini oʻrganib, ish joylarida ularga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Print Friendly, PDF & Email