TATARISTONGA TASHRIF

Бош саҳифа Янгиликлар

Ikki mamlakat tarmoq kasaba uyushmalari o’rtasidagi yaqin hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida, Roskhimprofsoyuz va O’zbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risidagi imzolangan bitim doirasida, kimyo sanoati boshlang’ich kasaba uyushmalari tashkilotlarining ish tajribasi almashinuvi doirasida kasaba uyushmalari va mutaxassislar Tatariston Respublikasiga safarlari tashkil etildi.

O’zbekiston Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi delegatsiyasi hozirgi vaqtda Tatariston Respublikasiga amaliy tashrif bilan borishdi. Dasturda kimyo sanoati korxonalariga tashrif buyurish va kasaba uyushmasi faollari bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan.

23 mart kuni mehnat saroyida O’zbekiston va Tatariston kimyogarlari boshlang’ich kasaba uyushmalari tashkilotlari raislari uchrashuvi bo’lib o’tdi. Tadbirda Tatariston respublika tashkiloti raisi Aleksey Ilin va O’zbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining o’rinbosari Saidioqil To’xtayev ishtirok etdi.

Yig’ilganlarga tabrik so’zlari bilan TKUF raisi Elena Kuzmicheva murojaat qildi.

«O’ZKIMYOSANOAT» AJ kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi G’ayrat Abdullayev va «Maksam-Chirchiq» AJ kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi Baxtiyor Abdullayev tarmoq korxonalarining faoliyati haqida so’zlab berdi. Birinchi navbatda jamoa shartnomalari va kasaba uyushmasi a’zolarini sog’lomlashtirish masalalari muhokama qilindi, kasaba uyushmalari faoliyatining dolzarb masalalari bo’yicha tajriba almashildi.

Tomonlar kasaba uyushmalari delegatsiyalarining hamkorligi doirasida  ikkala mamlakatlarning kimyo tarmog’i korxonalari xodimlarining mehnat va turmush sharoitini yanada yaxshilash bo’yicha o’zaro tajriba almashish va yangi usul va texnologiyalarni joriy etishga ko’maklashishini ta’kidladilar.

Print Friendly, PDF & Email