Tarmoq tizimidagi “Navoiyazot” AJ xodimlari o‘rtasida “Ikki buyuk siymo ma’naviyatimiz sarchashmalari” mavzusida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.
Unda 18 nafar ishtirokchi tanishtiruv, g‘azalxonlik mahorati, sahnaviy ko‘rinish shartlarida o‘z iqtidorlarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 57-seh xodimlari Nasiba Sindarova va Maftuna Qosimova, 33-seh mutaxassislari Yorqinoy Toshniyozova hamda Feruza Narzullayeva, 23-seh vakilasi Zarnigor Jumayeva, 917-seh xodimi Nigora Ibodullayevalar nominatsiyalar boʻyicha sovrindor boʻldilar.
Tanlov qatnashchilari korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasining sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: