HISOBOT-SAYLOV KONFERENSIYALARI OLDIDAN O‘QUV SEMINARI O‘TKAZILDI

Бош саҳифа

Tarmoq tizimidagi “Navoiyazot” AJ korxonasida boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylov konferensiyalarini o‘tkazishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Unda Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi  mutaxassislari, “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJ, “Navoiy elektrokimyo zavodi” AJ “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ,  “Navoiyazot” AJning ishlab chiqarish majmualari va sehlardagi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raislari ishtirok etishdi.

Joriy yilda jamiyat kasaba uyushmalari qo‘mitalari faollarining vakolat muddati tugaganligi sababli saylov o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Muloqotda hisobot-saylov konferensiyalarini o‘tkazish, nomzodlarni ko‘rsatish va saylash tartibi, hujjatlarni rasmiylashtirish, sanoq komissiyasi a’zolarining vazifalari haqida ma’lumot berildi.

Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Print Friendly, PDF & Email