“KITOBXON XODIM” TANLOVI OʻTKAZILDI

Бош саҳифа

Tarmoq tizimidagi “Ammofos-Maxam” AJda xodimlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish, xodimlarning kitobga bo‘lgan qiziqishlarini keng targ‘ib qilish, kitobxonlik madaniyatini yuqori darajaga ko‘tarish hamda rivojlantirish, buyuk alloma, shoir, yozuvchi, mutafakkirlarning ijodini o‘rganish maqsadida korxonadagi 30 yoshdan yuqori boʻlgan xodimlar oʻrtasida “Kitobxon xodim” tanlovi oʻtkazildi.

Nizomga ko‘ra, belgilangan shartlarni bajargan, savollarga aniq javob bergan, badiiy asarlar bilimdoni ekanligini namoyon etgan, buyuk mutafakkir va adiblar ijodini o‘rgangan xodimlar orasidan g‘oliblar aniqlandi.

Tanlov yakuniga koʻra, 1- o‘rinni  Xoʻjalik sehi xodimi Sh. Xudoyberdiyeva,  2 – o‘rinni  EFK-2 sehi xodimi J.Toʻraxoʻjayev va  3 – o‘rinni  Avtotransport sehi xodimi Z.Ziyoxujayeva egalladi.

Print Friendly, PDF & Email