Tarmoq tizimidagi “Ammofos-Maxam” AJ korxonasida 11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan faollar zalida “Qizlar – millat tayanchi” shiori ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boʻlim boshligʻi Dilfuza Qoʻchqorovna ishtirok etdi.
Suhbat davomida mamlakatimizda qizlarga bo‘lgan e’tibor va ular uchun amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa, ta’lim sohasida yaratilayotgan sharoitlar haqida so‘z yuritildi. Shu bilan birga, o‘quvchi va talaba qizlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida ham fikr bildirilib, barcha qizlar samimiy tabriklandi.
Bu kun qizlarning yutuqlarini e’tirof etish bilan bir qatorda, ularni himoya qilish va ularning millatning kuchi, avlodni tarbiyalaydigan eng muhim qatlam ekanini yodga soladi. Ushbu bayram nafaqat qizlarni tabriklash, balki ularga oid qonunlarning amalda qo‘llanishiga, ularni himoya qilishga qaratilgan ishlar haqida ham mulohaza yuritishga imkon beradi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: