“BIZ SOG‘LOM YOSH OILAMIZ” SHIORI OSTIDA OILAVIY SPORT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

Бош саҳифа

Tarmoq tizimidagi “Maxam-Chirchiq” AJ korxonasida yosh xodimlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish va sport  bilan oilaviy shugʻullanish koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida jamiyatning  yosh xodimlari va ularning oila aʼzolari o‘rtasida “Biz sog‘lom yosh oilamiz” shiori ostida oilaviy sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa  murosasiz  va qizg‘in bellashuvlarga boy kechdi va yakunda,

1-o‘rinni MEUT sehining Tursunovlar oilasi;

2-o‘rinni Ammiak-2 sehining Yaminovlar oilasi;

3-o‘rinni MEUT sehining Zagvoyskiylar oilasi;

4-o‘rinni Ammiakli selitra ishlab chiqarish sehi Xakimovlar oilasi egalladi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Print Friendly, PDF & Email