“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI

Бош саҳифа

Mamlakatimiz Mustaqilligining 33 yillik bayrami munosabati bilan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida joriy yilning 20-avgust kuni “Maxam-Chirchiq” AJda boshqaruvi raisi kubogi uchun “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Unda 130 nafar xodimlardan tashkil topgan 26 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

 Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni Markazlashtirilgan elektr uskunalarini ta’mirlash sehining  “Energetiklar” jamoasi, 2-o‘rinni Tibbiy reabilitatsiya markazining “Puls” jamoasi va 3-o‘rinni  korxona ma’muriyatining “Ma’muriyat” jamoalari egalladilar.

G‘olib jamoalariga diplom va pul mukofotlari topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email