MINI-FUTBOL MUSOBAQASINING RESPUBLIKA-TARMOQ FINAL BOSQIChI O‘TKAZILDI

Бош саҳифа Ёшлар бирлашмаси

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “O‘zkimyosanoat” va Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamkorligida tarmoq tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha musobaqaning respublika-tarmoq final bosqichi “Sport−salomatlik garovi” shiori ostida o‘tkazildi.

Musobaqaning birinchi bosqichi korxonalar va ikkinchi bosqichi viloyatlar hamda Toshkent shahri bo‘yicha 4 ta hududda o‘tkazilib, g‘oliblar yakuniy respublika-tarmoq final bosqichida Toshkent shahrida bellashdilar.

Yarim final va final o‘yinlari qizg‘in kurashlarga boy o‘tdi va umumiy natijalarga ko‘ra, 3-o‘rinni “Farg‘onaazot” AJ, 2-o‘rinni “Maksam-Chirchiq” AJ va faxrli 1-o‘rinni “Qizilqum fosforit zavodi” MChJ korxonalari egalladilar.  

G‘olib jamoalar “O‘zkimyosanoat” AJ va Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email