“KIMYOGAR”DA BOLAJONLAR MAROQLI DAM OLMOQDALAR

Бош саҳифа

Tarmoq tizmidagi “Maxam-Chirchiq” AJ tasarrufidagi “Kimyogar” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi -bolajonlarning sevimli maskanidir. Joriy yilning 22-avgustiga qadar mazkur oromgohda 4 ta mavsum bo‘lib o‘tadi. Mavsum davomida ms’ullar tomonidan “Maxam-Chirchiq” AJ xodimlarining 1320 nafar farzandlarini dam oldirish rejalashtirilgan.

   

 “Kimyogar” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida bolajonlarning maroqli hordiq chiqarishlari va  bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun turli xil to‘garaklar tashkil etilgan. Oromgohda  badiiy kitoblarga boy kutubxona, dam oluvchi bolajonlar uchun xizmat qiladi. Jismonan chiniqishlari uchun turli sport musobaqalari tashkil etiladi. Katta va kichik guruhlar uchun alohida cho‘milish havzalari mavjud. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va turli konsert dasturlari dam oluvchilarga olam-olam quvonch bag‘ishlaydi.

Print Friendly, PDF & Email