ZAMONAVIY KOMYUTER DASTURI “MICROSOFT 365” KURSLARI BO`LIB O`TMOQDA

Бош саҳифа Корхона янгиликлари Янгиликлар

Joriy yilning 21-mayidan 23-may kuniga qadar Rossiya Federatsiyasining “Ikon Tyres” kompaniyasi tomonidan “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK xodimlarini zamonaviy kompyuter dasturi “Microsoft 365” da ishlash tizimini yaratish uchun maxsus o‘quv kurslarning navbatdagi soni start oldi.

Ushbu bosqichda 42 nafar ishchi-xodimlar o’quv kursiga jalb qilindi.
Bu o’z ishlarida raqamli vositalardan foydalanishni boshlaydigan navbatdagi hamkasblar! Ushbu hafta davomida 42 nafar raqamli chempionlar guruhlarga bo‘lingan holda, dars jarayonlarida faol ishtirok etishmoqda.

O‘quv jarayonlarini Rossiya Federatsiyasining “Ikon Tyres” kompaniyasidan tashrif buyurgan Ta’minotni boshqarish jarayonlarini ishlab chiqish bo’yicha mutaxassis Muxanov Maksim hamda Malinina Yekaterina – Sotuv bo‘limi yordamchisi, Baturina Alina -Hamkorlar bilan ishlash bo‘yicha ish yurituvchi olib borishmoqda.

Dars jarayonlari davom etmoqda.

Print Friendly, PDF & Email