Soʻnggi yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya resurslariga boʻlgan talabning ortib borishi energiya resurslaridan samarali va tejamkorlik bilan foydalanish talabini tobora oshirmoqda.
2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi doirasida “yashil” va inklyuziv iqtisodiy oʻsishni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish hamda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida resurslarni tejashni yanada kengaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “2030-yilgacha Oʻzbekiston respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-436-sonli Qarori bilan respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini, moliyaviy va yoqilgʻi-energetika resurslaridan oqilona foydalanish hamda energiya samaradorligini oshirish orqali aholi turmush darajasini va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan Konsepsiya tasdiqlangan.
Konsepsiyada belgilangan chora-tadbirlarning ijrosini taʼminlash bilan tarmoq va faoliyat turlari boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotning energiya sigʻimi koʻrsatkichini 2026-yilga kelib 20 foizga kamaytirilishi belgilandi.
Tarmoq korxonalarida energiya va resurslarni tejash harakatini yoʻlga qoʻyish, ishlab chiqarishning energiya samaradorligini oshirish, energetik tekshirish va energomonitoring tizimini joriy etish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun sarflanayotgan yoqilgʻi-energetika resurslari yoʻqotishlarini qisqartirishga hamda energiya samaradorligiga erishgan korxonalarni ragʻbatlantirish maqsadida tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan “Elektr energiyasi va yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash boʻyicha eng yaxshi boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkiloti” tanlovi tashkil etildi va ushbu tanlovda tarmoq tizimidagi korxonalarning boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotlari faol ishtirok etdilar.
Tanlov komissiyasi tomonidan nomzodalarning hujjatlari tarmoq tizimidagi korxonalarda zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalari asosida mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash va yangilarini yaratish orqali ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar energiya sigʻimini kamaytirishga erishilganligi kabi mezonalar asosida baholandi.
Tanlovning yakuniy natijalariga koʻra, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ 1-oʻrinni, “Navoiyazot” AJ 2-oʻrinni va “Fargʻonaazot” AJ 3-oʻrinni egalladi.
Tanlov gʻoliblari Respublika kengashi tomonidan munosib taqdirlandilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: