“FARG‘ONAAZOT” AJ KORXONASIDA JAMOA SHARTNOMASI MUHOKAMASI O‘TKAZILDI

Бош саҳифа

Tarmoq tizimidagi korxonaning majlislar zalida «Farg’onaazot» aksiyadorlik jamiyatini mehnat jamoasining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda  jamoa shartnomasining 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar natijasi, shuningdek, amaldagi jamoa shartnomasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishni loyihalari ko‘rib chiqildi.

Konferensiyada O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mehnatni muhofaza qilish bo‘limi bosh mutaxassisi Sardor Salohuddinov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Orzigul Qozixonova, Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi mehnat muhofazasi masalalari  bo‘yicha bosh mutaxassisi Shuxratilla Rixsiboyev ishtirok etdilar.

Jamoa shartnomasini 2023-yilda bajarilishi yuzasidan «Farg‘onaazot» AJ boshqaruv raisi Dilshod Mannonov va kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Ilhom Abduvoxidovning ma’ruzalari tinglandi.

Konferensiyada korxona seh va bo‘limlari ishchi-xodimlaridan saylangan delegatlar qatnashdilar. Ular o‘zlarining chiqarishlarida jamoa shartnomasi tadbirlarini o‘z ish joylarida amalga oshirilayotganligi haqida gapirib o‘tdilar. Munozaralar tugagandan so‘ng, 2023-yilda jamoa shartnomasini bajarilishi qoniqarli deb topildi. Amaldagi jamoa shartnomasi qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish loyihasi  umumiy ovoz berish orqali tasdiqlandi. Kiritilgan o‘zgarishlar va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda «Farg‘onaazot» AJ mehnat jamoasi konferensiyasining qarori qabul qilindi.

   Yig‘ilish davomida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mehnatni muhofaza qilish bo‘limi bosh mutaxassisi Sardor Abdumannopovich hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi bosh yuristi yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda 2023-yil davomida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan olib borilgan ishlarga qisqacha to‘xtalib o‘tdi.

 Konferensiyaga  tashrif buyurgan mehmonlar korxonaning butun mehnat jamoasiga  kelgusida muvaffaqiyatlar tilashdi.

Print Friendly, PDF & Email