“BIOKIMYO” AJDA XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI BAYRAMI YUQORI KAYFIYATDA O‘TKAZILDI

Бош саҳифа Корхона янгиликлари

Tarmoq tizimidagi “Biokimyo” AJda ham 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni nafosat bayrami munosib nishonlandi. Bayram tantanasini korxonaning bosh direktori Alikulov Rustam Abdukadirovich tabrik so‘zi bilan ochib berdi.

Tabrik davomida barcha ayol ishchi-xodimlarga samimiy tilaklar bildirildi. Korxonada ishlovchi barcha xotin-qizlarga korxona rahbariyati va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan qimmatbaho sovg‘alar taqdim qilindi.

Shuningdek, 10-mart kuni “Ayolga ehtirom kòrsatish-xalqimizga xos oliyjanob qadriyat” g‘oyasini o‘zida mujassam etgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolliklarini oshirishga qaratilgan tadbirlar doirasida korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi E.B.Nishonaliyev, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi B.M.Israilova boshchiligida Alisher Navoiy nomidagi kimo saroyida bo‘lib o‘tgan “E’zozdasiz aziz ayollar” bayram konsert dasturida maroqli hordiq chiqardilar.

Print Friendly, PDF & Email