Tarmoq tizimidagi Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yoqilg‘i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti dekani o‘rinbosari J.T.Sidikov, fakultet tyutorlari hamda talaba yoshlar ishtirokida “Konstitutsiya – adolat tantanasi” mavzusida huquqiy – ma’rifiy tadbir tashkil qilindi.
Tadbir davomida talaba yoshlarga yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida to‘liq tushunchalar berildi va so‘nggi yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma’naviy hayotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarni mustahkamlashda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘rni va roli tushuntirildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: