SAMARQAND SHAHRIGA SAYOHAT TASHKIL ETILDI

Бош саҳифа Корхона янгиликлари

O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bayrami munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining tashabbusi bilan joriy yilning 17-noyabr kuni tarmoq tizimidagi korxonalarning boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari raislari va faol xodimlari uchun Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida sayohatchilar qadim Samarqandning tarixi va mustaqillik yillarida barpo etilgan bunyodkorlik inshootlari bilan tanishdilar.

Sayohat Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Xo‘ja Doniyor va Amir Temur qabrlari  ziyorati bilan boshlanib, “Boqiy Samarqand” majmuasi bilan davom etdi.

Sayohatchilar tarixiy obidalar, ulardagi naqshinkor bezaklar, ganchkorlik namunalari ota-bobolarimizning ilm-fan taraqqiyotidagi qudrati va donishmandligi, insoniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shganligiga yana bir bor guvoh bo‘ldilar.

Shuningdek, Samarqandning noyob me’moriy obidalari hamda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan shaharda barpo etilgan madaniy-ma’rifiy inshootlar, sayilgohlar va shaharda qad ko‘tarayotgan binolarni tomosha qildilar.

“Boqiy shahar” majmuasiga borgan sayohatchilar qalbida yana bir bor g‘urur uyg‘ondi.

Shu o‘rinda aytish kerakki, “Boqiy shahar” majmuasi, Kongress xoll, 8 ta zamonaviy mehmonxona, amfiteatr va ko‘plab boshqa obyektlardan iborat bu muhtasham markazning barpo etilishi azim Samarqand ko‘rkiga yanada fayzu tarovat bag‘ishlagan.  

Ko‘hna va hamisha navqiron shahar deya ta’rif beriladigan Samarqandning tarixi qanchalik buyukligidan bo‘lsa, keyingi yillarda bu yerda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar uning shuhratini yanada oshirayotganiga guvoh bo‘ldilar.

Print Friendly, PDF & Email