“YIL AYOLI” TANLOVI O‘TKAZILDI

Бош саҳифа

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 27-apreldagi KQ-340-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2023-yil 20-oktabr kuni Angren shahrida “Yil ayoli-2023”  ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tanlovda  idora va tashkilotlar, nodavlat va notijorat tashkilotlari hamda tadbirkorlik subyektlaridan faol ayollar ishtirok etdilar.

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XK Sifat bo‘limi muhandisi Xudaykulova Maqaddasxon “O‘z kasbining ustasi bo‘lgan yil ayoli” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Diyor Alimov

“Birinchi rezinotexnika zavodi”  MCHJ XK

kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

Print Friendly, PDF & Email