Joriy yilning 29-sentabr kuni “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QKda yigʻilish o‘tkazildi. Yigʻilishda “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK Bosh direktori J.Mustafayev, Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari S.To‘xtayev , “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi maslahatchisi S.Abduraxmanova, korxona kasaba uyushmasi raisi B.Alliyarov hamda korxona xodimlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmalari Respublika kengashi raisi o‘rinbosari S.To‘xtayev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqinining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida korxona xodimlariga keng tushunchalar berib o‘tildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: