BOSHLANG‘ICH KASABA UYUSHMASI QO‘MITASI TASHKILOTLARI BOSH HISOBCHI VA HISOBCHILARINING O‘QUVI BO‘LIB O‘TDI

Бош саҳифа Корхона янгиликлари

2023-yil 25-29-sentabr kunlari “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining malaka oshirish instituti” nodavlat muassasasida Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashkilotlari bosh hisobchi va hisobchilarining o‘quvi bo‘lib o‘tdi.

Hafta davomida malakali mutaxassislar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi. Jumladan, o‘quv davomida boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashkilotlari bosh hisobchi va hisobchilari kasaba uyushmasi tashkilotlarida kasaba uyushmasi budjeti mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish, daromadlar va harajatlar smetasini tuzish, kasaba uyushmasi a’zolik badallari tushumini smeta asosida sarflanishini tashkil etish hamda moliyaviy hujjatlar bilan ishlashni o‘rgandilar.

Shu bilan birgalikda, o‘quv dasturi bo‘yicha madaniy xordiq olishga ham vaqt ajratilgan bo‘lib, tinglovchilar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining tarix muzeyi hamda Toshkent shahridagi so‘nggi yillardagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar.

O‘quv mashg‘uloti yakunida o‘tilgan mavzular bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilib, tinglovchilarga “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining malaka oshirish instituti” nodavlat ta’lim muassasasi rektori I.M.Umaraxunov va Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi N.A.Alimdjanovalar tomonidan ezgu tilaklar va omad tilagan holda sertifikatlar topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email