SPORT MUSOBAQASIDA XOTIN-QIZLAR FAOL ISHTIROK ETDILAR

Бош саҳифа Корхона янгиликлари

“Maxam-Chirchiq” AJ rahbariyati, kasaba uyushmasi qo‘mitasi va Yoshlar ittifoqi hamkorligida “Sport-nafislik, salomatlik manbai!” shiori ostida  korxona xotin-qizlari o‘rtasida stol tennisi  bo‘yicha musobaqa  o‘tkazildi.

 Unda korxonaning 20 nafardan ortiq xotin-qizlarlari g‘oliblik uchun kurash olib borishdi va yakunga ko‘ra, 1-o‘rinni Loyiha konstruktorlik  bo‘limi xodimi-Indira Emirsaliyeva, 2-o‘rinni Strategik rivojlanish va biznesni rejalashtirish bo‘limi xodimi-Elmira Abduramanov va 3 –o‘rinni  Axborot va kommunikatsiya texnologiyalar boshqarmasi xodimi-Irina Tsoy egalladi.

Tadbir so‘nggida g‘olib va sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shabnam Djalolova

“Maxam-Chirchiq”AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi ish yurituvchisi

Print Friendly, PDF & Email