Joriy yilning 15-avgust kuni Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Alimdjanova Nigora Adxamovna «Indorama Kokand fertilizers» AJ va «Qo‘qon biokimyo» AJ korxonalarida amaliy tashrif bilan bo‘ldi. Tashrif davomida korxona va kasaba uyushmasi faoliyati bilan tanishdi hamda boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari raislarining xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, ayollar va erkaklar uchun to‘lab berilayotgan ish xaqi tafovutlari, gender tenglik, zararli ish joylari attestatsiyasi va u yerda ishlayotgan ayollar uchun imtiyoz va rag‘batlar, yoshlar siyosati, xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish, ularni sog‘lomlashtirish hamda ommaviy sportga jalb qilish, kasaba uyushmasi mablag‘laridan samarali foydalanish, oromgohlar va boshqa masalalar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida hamda taklif va mulohazalarini eshitdi. Tashrif davomida «Indorama Kokand fertilizers» AJ bosh direktori Avinash Kumar korxona to‘g‘risida taqdimot qildi. Shuningdek, korxona tomonidan xalqaro standartlarga javob beradigan, chet tili va fanlarni chuqurlashtirilgan xolda o‘qitiladigan maktabgacha ta’lim tashkiloti va umumiy o‘rta ta’lim maktabi ochish rejalashtirilayotganligini bildirdi. Korxona rahbariyati tomonidan tibbiy sug‘urta masalasida takliflar bildirildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: