VOLEYBOL MUSOBAQASI OʻTKAZILDI

Бош саҳифа Корхона янгиликлари

Tarmoq tizimidagi «Qo‘ng‘irot soda zavodi» MChJda 8-mart ‒ Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan hamda korxona xodimlarini sportga jalb qilish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish ayniqsa, xotin-qizlarni ommaviy sportga jalb etish maqsadida xotin-qizlar oʻrtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa oʻtkazildi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, 1-o‘rinni Harbiylashtirilgan mahkamaviy qo‘riqlash bo‘limi jamoasi,

2- o‘rinnni Tuzni eritish va eritmani tozalash sehi-1 jamoasi va 3- o‘rinni Tuzni eritish va eritmani tozalash sehi-2 jamoalari egalladilar.

Print Friendly, PDF & Email