KORXONALAR FAOLIYATI BILAN TANISHUV

Бош саҳифа Ташкилий ишлар

Joriy yilning 14-15-avgust kunlari Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Alimdjanova Nigora Adxamovna tizimdagi korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon va Farg‘ona viloyatlarida joylashgan “Andijon biokimyo” AJ, “Farg‘ona kimyo zavodi” MChJ, “Farg‘onaazot” AJ, «Qo‘qon biokimyo» va “Chirchiq kimyo-industrial texnoparki direksiyasi” МCHJ korxonalarida amaliy tashrif bilan bo‘ldi.

Tashrif davomida N.Alimdjanova korxona va kasaba uyushmasi faoliyati bilan tanishdi hamda korxona xodimlari uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, ayollar va erkaklar uchun to‘lab berilayotgan ish xaqi tafovutlari, gender tenglik, zararli ish joylari attestatsiyasi va u yerda ishlayotgan ayollar uchun imtiyoz va rag‘batlar, yoshlar siyosati, xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish,  ularni sog‘lomlashtirish hamda ommaviy sportga jalb qilish, kasaba uyushmasi mablag‘laridan  samarali foydalanish, oromgohlar va boshqa masalalar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi hamda xodimlarning taklif va mulohazalarini tingladi. Shuningdek, «Farg‘onaazot» AJ yoshlari bilan uchrashib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Print Friendly, PDF & Email