“BIZ ZO‘RAVONLIKKA QARSHIMIZ” MAVZUSIDA SEMINAR – TRENING TASHKIL ETILDI

Бош саҳифа Янгиликлар

Tarmoq tizimidagi “Farg‘onaazot” AJ majlislar zalida 30 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar ishtirokida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida seminar-trening va “Zakovat” intellektual o‘yini  o‘tkazildi.

Seminar-trening korxona ma’muriyati, jamoat tashkilotlari, yoshlar ittifoqi kengashi boshlang‘ich tashkiloti va korxona kasaba uyushmasi hamkorligida tashkil etildi.

Seminarda Farg‘ona viloyat Xotin-qizlar reabilitatsiyasi va moslashuv markazi bo‘lim boshlig‘i Ahmedova Jamila, Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Akramova Husniya, tajribali psixolog Uzoqova Muharramoy hamda “Respublikada faol kelajak bunyodkori” ko‘krak nishoni sohibasi Zarnigor Ubaydullayevalar ishtirok etishdi.

Seminarda so‘zga chiqqan mehmonlar korxona xodimlariga huquqiy madaniyatni oshirish, oiladagi zo‘ravonlik qurbonlari himoyasini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, hayotda og‘ir vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdilar.

Seminar davomida tinglangan ma’ruzalar, o‘tkazilgan psixologik treninglar va namoyish etilgan motivatsion videoroliklar ushbu tadbirning barcha ishtirokchilarida unutilmas taassurot qoldirdi.

Print Friendly, PDF & Email