MISR KASABA UYUSHMALARI BILAN DO‘STLIK VA HAMKORLIK KELISHUVI IMZOLANDI

Бош саҳифа Янгиликлар

O‘zbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi delegatsiyasi Misr umumiy kimyo sanoati xodimlari kasaba uyushmasi taklifiga binoan Misr Аrab Respublikasiga tashrif buyurdi.

Mazkur tashrifdan ko‘zlangan maqsad – ikki tomonlama aloqalarni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish hamda “Do‘stlik va hamkorlik kelishuvi”ni imzolashdir.

Tashrifning birinchi kunida O‘zbekistondan borgan tarmoq kasaba uyushmasi vakillari bilan Misrdagi turdosh tarmoq kasaba uyushmasi rahbari Emad Hamdi Аli Hamdan va kasaba uyushmalari faollarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Samimiy, do‘stona va ishchanlik ruhida o‘tgan uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalari yo‘nalishlari muhokama etilishi bilan birga “Do‘stlik va hamkorlik kelishuvi” imzolandi.

Tashrifning ikkinchi kunida esa O‘zbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi delegatsiyasi Emad Xamdi hamrohligida Аleksandriya shahrida joylashgan “ABU QIR FERTIILIZERS” АJ boshlang‘ich kasaba uyushmasiga tashrif buyurib, korxona rahbari Аbed Ezz Eregal, kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Аhmed Yamani va korxona kasaba uyushmasi faollari bilan uchrashuvda ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida delegatsiya aʼzoalri mazkur korxona hamda boshlang‘ich kasaba uyushmasi faoliyati bilan tanishdilar. Shuningdek, mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlari himoyasi yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha o‘zaro tajriba almashildi.

Print Friendly, PDF & Email